"Tolimarjon IES" AJ umumiy quvvati 1700 MVt. 800 MVtli 1-energkblok 2004-yilda ishga tushirilgan. 450 MVtli 1-bug‘-gaz qurilmasi 2016-yil oxirida, 450 MVtli 2-bug‘-gaz qurilmasi 2017-yil boshida ishga tushirilgan. Stansiya yiliga o‘rtacha 7,2 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 1-va 2-bug‘-gaz qurilmalarida 1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 214 gramm shartli yoqilg‘i sarflanadi. Stansiyada yiliga 25 000 Gkall issiqlik energiyasi ham ishlab chiqarilib, iste'molchilarga yetkazib beriladi.
Stansiyada 10 ta asosiy sex bo‘lib, bular Qozon turbina -1 sexi, Qozon turbina -2 sexi, Suvni kimyoviy tozalash sexi, Elektr sexi, Markaziy ta'mirlash sexi va Oqava suv inshootlari sexi, Suv inshootlari sexi, Ichimlik suvi ta'minoti sexi, Energosozlash sexlaridir.
Shuningdek, stansiya tarkibida "Sohibqiron" nomidagi bolalar oromgohi ham mavjud.