BOSH SAHIFA

Aziz Vatandoshlar!

Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Har yili ushbu muhim sana tinchlikni asrab-avaylashning ahamiyati, Vatanimizda hukm surayotgan farovonlikni, O‘zbekiston Respublikasining barcha jabhalaridagi ilg‘or taraqqiyotni qadrlash naqadar muhim ekanini eslatadi!

Xotira va qadrlash kunida barchamiz faxriylarimizga ehtirom ko‘rsatamiz, O‘zbekistonning bugungi tinch-osoyishta kuniga qo‘shgan hissalarini qayta-qayta qadrlaymiz.

Barchangizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

SAXOVATDAN OBODDIR KO‘NGIL
"Talimarjon IES " AJ jamoasi Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida aziyat chekkanlarga madadkor bo‘lish maqsadida "Salom Sardoba, biz sen bilan" xayriya aksiyasiga qo‘shilgan holda jamiyat hisobidan 100 million so‘m o‘tkazib berish tashabbusi bilan chiqishdi.
- Og‘ir lahzalarda muhtoj oilalarga moddiy ko‘mak berish azaliy qadriyat larimizdan,- deydi kasaba uyushma faoli Ilhom Mamatov. - Bir necha kun oldin ishchi xizmatchilar oylik maoshlari hisobidan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasiga 25 million so‘m o‘tkazib bergan edik.
Shuningdek, tumanimizda istiqomat qilayotgan 8 nafar afg‘on urushi qatnashchilariga ham 4 million so‘m oziq ovqat mahsulotlari tuhfa etdik.

NURCHILAR SAXOVATI

Bu dunyo mehru oqibat va ezgulik bilan barqarordir. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, moddiy  va ma'naviy ko‘mak berish xalqimizga xos azaliy an'analardan sanaladi.

    "Talimarjon IES" AJ jamiyati jamoasi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakatini qo‘llab quvvatlagan holda mazkur jamg‘armaga 35 million so‘m o‘tkazib berdilar.

        - Maqsadimiz koronavirus pandemiyasi davrida og‘ir sharoitda qolgan yurtdoshlarimizga ko‘mak berishdir - deydi jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Anvar Ashirov. - Xayrli ishimizni davom ettirgan holda may va iyun oylarida ham jamg‘arma hisobiga 35 million so‘mdan mablag‘ o‘tkazamiz. Bu ahil va serg‘ayrat jamoamizning yurtdoshlarimizga Ramazon oyi tuhfasi bo‘ladi.

"Talimarjon IES" AJ Matbuot xizmati.

KORONAVIRUS XAVFINI DAF ETISH - O‘ZIMIZGA BOG‘LIQ

Mamlakatimizda “Covid-19” nomi berilgan bu kasallikning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sanitariya gigiyena qoidalarini unutmaslik, karantin qoidalariga qat'iy rioya etish, har bir inson o‘zi va oilasi salomatligi uchun qayg‘urishi zarurligi xususida keng ko‘lamda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzalarida koronavirus balosini daf etish har birimizga bog‘liq ekanligini alohida ta'kidlamoqdalar.

Shu o‘rinda bu kasallikka chalinganlarni tezroq sog‘ayib, qadrdon jamoasi va oilasi bag‘riga qaytishi uchun tunu kun fidokorona mehnat qilayotgan shifokorlarimizga tasannolar aytsak arziydi. Viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev ham voha ahliga Murojaat bilan chiqib, sinovli kunlarda koronavirusdan saqlanish uchun fuqarolarimizni karantin qoidalariga to‘liq rioya etishlari, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik, uy sharoitida foydali yumush bilan mashg‘ul bo‘lish, farzandlarini onlayn ta'lim olishlariga ko‘maklashish, kitobga oshno etish, tomorqada dehqonchilik qilish kabi foydali yumushlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta'kidlab o‘tdilar.
Alohida e'tirof etmoq joizki, ishlovchilarning ijtimoiy huquq va manfaatlarini xolisona himoya qilish, oila a'zolarining ma'naviy va jismoniy kamolotiga yordam berish, mehnat qonunchiligini amalda bajarilishi kafolatlariga erishish, o‘z-o‘zini boshqarish kabi dolzarb vazifalar kasaba uyushma qo‘mitamiz faollarining asosiy burchlari sanaladi. Jamiyatimiz hayotida qo‘mitamizning o‘rni va vazifalari nihoyatda keng bo‘lib, amalga oshirilayotgan madaniy-ma'rifiy va tashkiliy ishlar, sport sog‘lomlashtirish hamda mehr-muruvvat tadbirlari shular jumlasidandir. Stansiyamizda qulay va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, tartib-intizom, tozalik va obodonlashtirish ishlarini olib borish, xodimlarning maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanishi nazorat qilish ham bizning zimmamizda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan doimiy hamkorlik qilingan holda ishlovchilar tegishli ma'lumotlar bilan ta'minlab turilganligi bois ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldi olinmoqda. Qo‘mitamiz ma'muriyatning ishonchli hamkori, islohotlarni jadallashtirishda yaqin ko‘makchisiga aylana olgani uchun ijtimoiy sherikchilik mexanizmi yaxshi ishlamoqda. Jamoa shartnomasini ishlab chiqishga jiddiy yondoshib, korxona hayotidagi muammolarni qamrab olishga harakat qilayapmiz. Ayniqsa, ishchi-xodimlarni moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni maxsus kiyim- bosh va sut-qatiq mahsulotlari bilan ta'minlanishiga asosiy e'tiborni qaratilayapti.
Korxona ma'muriyati va qo‘mitamiz hamkorligida jamiyatimiz hududi, sex va bo‘linmalarda koronavirusning oldini olish borasida qator tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilayotir. Ishlovchilarga tibbiy niqoblar tarqatib chiqildi. Koronavirusdan saqlanish borasidagi targ‘ibot ishlari faqat ko‘rgazmali vositalar va onlayn tarzida tashkil etilmoqda. Stansiya hududi, sex va bo‘limlar kuniga ikki marotaba dizenfeksiya qilinmoqda. Kirish chiqish joylarida shifokor va hamshiralar tomonidan har bir ishlovchining salomatligi ko‘zdan kechirilayapti. Jamiyatimizning barcha sex va bo‘limlariga antitseptik gel tarqatilib, qo‘l yuvish joylari soda va sovunlar bilan ta'minlangan.
Hurmatli hamkasblar, qadrli kasaba uyushma qo‘mitamiz a'zolari! Ishda ham, ko‘chada ham, oilangiz davrasida ham karantin qoidalariga qat'iy amal qiling! Ishdan oldin va ish tugagach, qo‘lingizni yaxshilab yuving. Kirish-chiqish joyida o‘rnatilgan masofaviy termometr yordamida tanangiz haroratini o‘lchating. Stansiyamiz hududi va ishlovchilar o‘rtasida koronavirus tarqalmasligining oldini olish maqsadida tunu kun o‘z postlarida hushyor turgan shifokorlar mehnatini qadrlang, ularning tavsiyalari, maslahatlariga so‘zsiz amal qilishga odatlaning. Bu eng avvalo o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini saqlash uchun muhim ekanligini unutmang. Xalqimizning katta bayramlari, shodmon kunlar, farzandlarimizning baxtu kamoli, yurtimizning porloq kelajagini ko‘rmoq uchun o‘zingizni asrang. Tangri taolo barchamizni, butun insoniyatni o‘z panohida saqlasin.
Zahmatkash xalqimiz bundan-da og‘ir sinovlarni matonat bilan yengganlar. Bu xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, har lahza hushyor va sergak bo‘ling. Bugun yer yuzini, jahon ahlini aziyatga solayotgan koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish, bu kasallikni tezroq yengib o‘tib, jo‘shqin hayot bag‘riga qaytishimiz faqat o‘zimizga bog‘liq. Tozalikka, sog‘lom turmush tarziga, karantin qoidalariga qat'iy rioya etsak, komil ishonch bilan aytamanki, yurtimizga kelgan bu baloni ahillik va hamjihatlikda, albatta, daf etamiz.

Anvar ASHIROV,
“Talimarjon issiqlik
elektr stansiyasi” AJ
kasaba uyushmasi
qo‘mitasi raisi.
“Talimarjon IES” AJ Matbuot xizmati.

DAVOMI....

ВИРУСЛИ ИНФЕКЦИЯНИ ЖИЛОВЛАШ – ЎЗ ҚЎЛИМИЗДА

“Талимаржон ИЭС” акциядорлик жамиятида коронавирус инфекциясиниг тарқалишига йўл қўймаслик учун ишловчилар ўртасида карантин талабларига риоя этилиши қаттиқ назоратга олинган.

                                           

Станция ҳудуди   ва  хизмат автобусларида кунига 2 марта дезинфекциялар ишлари амалга оширилмоқда. Ҳар бир цех ва бўлимларда қўшимча қўл ювиш жойлари ташкил этилган бўлиб, хўжалик совунлари ва бошқа санитария-гигиена ашёлари билан таъминланган. Ишловчиларга тиббий ниқоблар тарқатилди. Жамиятнинг барча кириш-чиқиш жойларида, цех ва бўлимларда 300 дан ортиқ “STOP COVID-19 #Stayhome” плакат ва баннерлари орқали инфекциядан сақланиш тарғибот қилинмоқда. Смена асосида ишловчиларни саломатликларини муҳофаза қилиш мақсадида жамият ҳудудида фаолият олиб бораётган тиббий бўлимнинг иш режими туну кун ташкил этилган. Хориждан келтирилган 4 дона замонавий тиббий ускуналар ёрдамида малакали шифокорлар томонидан кириш - чиқиш жойида ҳар бир ишловчиларнинг тана ҳарорати ўлчаниб, соғлиғи қатъий текширувдан ўтказилаяпти.

                                   

- Омонат дунёда инсон учун энг катта бойлик бу – ўзининг, оила аъзоларининг соғлиғи, тинч-хотиржамлигидир,-дейди жамият касаба уюшма қўмитаси раиси Анвар Аширов. – Қўмитамиз фаоллари ва цех ва бўлим раҳбарлари томонидан ишловчилар ўртасида коронавирус балосидан сақланиш учун санитария-гигиена қоидалари риоя этиш, карантин талабларини бузмаслик, ҳар лаҳза сергак ва ҳушёр бўлиб меҳнат қилиш ҳақида кенг кўламда тушунтириш-тарғибот ишлари олиб борилаётир.   Вирусли инфекцияни жиловлаш ўз қўлимизда эканлиги, карантин қоидаларига қатъий риоя қилиш зарурлиги, уни бузиш, эътиборсизлик қилинган ҳолда ҳар қандай билимдон шифокор ҳам уларни асраб қололмаслигини минбаъд такрорлаяпмиз. Агар жамият аъзоларининг табиий газ, электр, иссиқ ва совуқ сувдан қарзлари бўлган тақдирда ҳам карантин даврида тармоқдан узилмаслиги билдирилмоқда. Карантин муносабати билан 296 нафар ишловчи йиллик меҳнат таътилига чиқарилди.

Сайфулла ИКРОМОВ,

“Талимаржон ИЭС” АЖ

 матбуот котиби.

DAVOMI....

ТОЗАЛИК ВА ТАРТИБ БОР ЖОЙДАН ҲАР ҚАНДАЙ ВИРУС ЧЕКИНАДИ 

 

 

ТОЗАЛИК ВА ТАРТИБ БОР ЖОЙДАН ҲАР ҚАНДАЙ ВИРУС ЧЕКИНАДИ 

 

Шоқўчқор РАҲМОНОВ,

“Талимаржон ИЭС” АЖ

“Тез тиббий ёрдам” бўлими

 бош шифокори

Дунёда инсон саломатлигидан-да қимматли бойлик йўқ. Шу боис биз доимо одамларга биринчи навбат-да соғлиқ ва тинчлик тилаймиз. Доно халқимизда ажойиб бир мақол бор:”Ўзини асраганни Оллоҳ ҳам асрайди”. Дарҳақиқат, шундай экан бугунги кунда бутун дунё халқларини ваҳимага солиб, тезкорлик билан тарқалиб, одамлар ҳаётига раҳна солаётган коронавирусдан  сақланиш, аввало, инсонларнинг ўзига боғлиқ эканлигини муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев ўз чиқишларида бир неча бор таъкидладилар. Қолаверса, акциядорлик жамиятимиз раҳбарияти ҳам ишчи-хизматчиларимиз соғлиғини асраш, коронавирус хавфидан огоҳ этиш борасида бир неча бор йиғилиш ўтказиб, жамият аъзолари ўртасида тушунтириш - тарғибот ишларини янада кучайтиришни таъкидламоқдалар.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти маълумотларига таянган ҳолда мен бу касалликни келиб чиқиши, ундан сақланиш учун нималарга эътибор қаратиш борасида ўз фикрларимни баён этмоқчиман.

Коронавирусга юқорида эътироф этилган ташкилот томонидан “Covid-19” номи берилган. Ушбу ном “корона”нинг “ко”си, “вирус”нинг “в”си ҳамда инглизча “касаллик” (disease) сўзининг “д” ҳарфларидан олинган. Бошқача номи “Sars-cov-2” вирусидир. Коронавирус дастлаб Хитойнинг Хубэй вилоятининг Ухан шаҳрида жойлашган Хуанан номли ҳайвонлар ва денгиз маҳсулотлари бозорида савдо қиладиган маҳаллий аҳоли вакилларида намоён бўлган. Бу бозорда аҳоли истеъмоли учун денгиз маҳсулотлари, ит гўшти, илон ва кўршапалаклар сотилган. Коронавирус ҳайвон организмида мутацияга учраб, сўнг инсонга юққанлиги, вирус ташувчи кўршапалак ва илонлар эканлиги тахмин қилинмоқда. Айни пайтда бу касаллик дунёнинг 170 дан мамлакатлари, Антрактидадан бошқа барча қитъаларда тарқалган.

Коронавирус ёки  “Sars-cov-2” вируси одамдан одамга ҳаво орқали ўтади. Нафас йўллари, оғиз ва кўздаги шиллиқ пардалар орқали инсоннинг танасига тушади ва яхши жойлашиб олади. Кейин томоқ тўқималари девори, нафас йўллари ва ўпкани зарарлаб, уларни бу вирусни кўпайтирувчи корхонага айлантиради. Яъни, янги вируслар ишлаб чиқилиб, бошқа тўқималарга ҳам юқа бошлайди. Агар беморнинг иммун тизими вирусни енга олмаса, тананинг ҳар бир нуқтаси зарар кўради. Ана шундай сўнг у  “Covid-19” касалига айланади. Бу дардга чалинган беморнинг ҳарорати кўтарилиб, иситма қилади. Кейин қуруқ йўтал безовта қилади. Орадан 5-6 кун ўтгач, нафас қисиши пайдо бўлади. Мутахассисларинг фикрига кўра, касаллик илк белгилари намоён бўлганча 14 кун, ҳатто 24 кун ўтиши мумкин. Уни даволаш қуйидагича амалга оширилади: Беморнинг иммунитет тизими вирус билан курашиб, уни енггунича барча органлар фаолиятини дастаклаб туриш, хусусан, сунъий нафас олдиришдан фойдаланиш шарт. Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, бу касаллик 60 ёшдан ошган кишиларда оғир ўтади. Кашандаларга ҳам қаттиқ таъсир қилади.

Беморларни даволаётган шифокорларни бу дардга йўлиққанликлари ҳам уни ҳаво орқали тез тарқалишининг исботидир. Коронавирус инсонга юққанидан кейин 12 кунгача ўз симптомларини зоҳир қилмаслиги мумкин. Демакки, вирус юқтирган одам ўзи билмаган ҳолда бошқалар билан мулоқот жараёнида вирус ташувчига айланади. Энг ёмони бундай даврда ҳар қандай тепловизорлар ҳам касаллик мавжудлигини аниқлай олмас экан.  Бу вирус инсоннинг нафас йўллари, ўпка, юрак, ошқозон-ичак тракти, жигар, буйраклар ва асаб тизимига қаттиқ шикаст етказади. Касаллик симптомлари оддий шамоллаш кўринишида бошланиб, тезлик билан ривожланади ва ўткир респиратор касаллиги вужудга келади. Ўпка шикастланади ва инсон ҳаётига хавф солувчи ўткир нафас олиш етишмовчилиги юзага келади. Русчада бу - респираторный дистресс синдром дейилади.

Коронавируснинг оддий гриппдан фарқи, у нафақат инсон, балки қуш, мушук, ит, қорамол, туя, чўчқа, қуёнларни ҳам шикастлайди. Вирус бу ҳайвонлар танида гинетик мутацияга йўлиқади. Натижада хавфлилиги,  кучли ва ўткирлиги бир неча бор ортиб кетади. Касаллик симптомлари оддий диарея энтерит каби қорин оғриғи, ич суриш кўринишида ҳам бўлиши мумкин. Ҳар қандай ҳолатда ҳам, ўзингизни  нохуш ҳис этдингизми, шифокорга мурожаат этишга ҳаракат қилинг.

  Жамиятимизнинг барча цех ва бўлимларига антицептик гель тарқатилиб, қўл ювиш жойлари сода ва совунлар билан таъминланган. Станция ҳудудидаги барча бўлим ва цехлар кунига 2 марта дезинфекция қилинмоқда. Кириш-чиқиш жойида масофавий термометр ўрнатилган. Шифокор ва ҳамширалар кечаю-кундуз станцияга кираётган барча ишловчиларнинг саломатлигини кўздан кечиришиб, дезинфекциялаш ишларини амалга оширишаяпти. Кириб-чиқаётган автомашиналар махсус гилам устида дезинфекция қилиниб, вирусга қарши зарарсизлантирилмоқда. Бир сўз билан айтганда, “Тез тиббий ёрдам” бўлимимиз шифокор ва ҳамширалари станциямиз ҳудуди ва ишловчилар ўртасида коронавирус тарқалмаслигини олдини олиш мақсадида туну кун ўз постларида ҳушёр туришибди.

Мақола сўнгида коронавирусдан сақланиш учун нималарга эътибор қилиш зарурлигини эслатиб ўтишни лозим деб топдим:

          Қўлларингизни тез-тез спиртли моддалар, совун ёки антицептик гель билан яхшилаб, обдон ишқалаб ювинг.

          Аҳоли гавжум бўладиган жамоат жойларига боришдан сақланинг.

          Ювилмаган қўлларингизни кўзларингиз, оғиз ва бурнингизга теккизманг. Агар қўлларингизга вирус бор жойга теккан бўлса, ўша вирус юқиши мумкин.

          Потенциал маънода касалланганлар билан мулоқот қилманг.

          Хом гўшт ёхуд яхши термоишлов берилмаган гўштларни истеъмол қилманг.

          Йўталганда ёки аксирганда  оғзингиз ва бурнингизни рўмолча ёки  салфетка билан ёпинг, кейин вирус тарқалишини олдини олиш учун қўлларингизни, албатта, совунлаб ювинг. 

          Йўталаётган, аксираётган ва тана ҳарорати баланд бўлган инсонлардан имкон қадар узоқ туришга ҳаракат қилинг. Ким билан саломлашманг, оралиқ масофа 1 метрдан кам бўлмаслиги керак. Ҳеч қачон қўл бериб кўришманг.

          Яшайдиган ва ишлайдиган жойингизни ҳар куни дезиинфекция қилишни унутманг. 

          Энг аввало, соғлиғингиз ўз қўлингизда эканлигини ёдда тутинг. Шуни унутманг: Тозалик ва тартиб бор жойдан ҳар қандай вирус чекинади. 

DAVOMI....