MAXSULOT VA XIZMATLAR

"Tolimarjon IES" AJ umumiy quvvati 1700 MVt. 800 MVtli 1-energkblok 2004-yilda ishga tushirilgan. 450 MVtli 1-bug‘-gaz qurilmasi 2016-yil oxirida, 450 MVtli 2-bug‘-gaz qurilmasi 2017-yil boshida ishga tushirilgan. Stansiya yiliga o‘rtacha 11,5 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 1-energkblokdan 1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 310 gramm shartli yoqilg‘i sarf qilinsa, 1-va 2-bug‘-gaz qurilmalarida 1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 214 gramm shartli yoqilg‘i sarflanadi. Stansiyada yiliga 25 000 Gkall issiqlik elektr energiyasi ham iste'molchilarga yetkazib berilmoqda.

Stansiyada 6 ta asosiy sex bo‘lib, bular Qozon turbina sexi, Kimyo sexi, Elektr sexi, Markaziy ta'mirlash sexi va Gidrotexnika inshootlari va kommunikatsiya sexlaridir.

Shuningdek, stansiya tarkibida 1 ta tibbiy sanitariya qism va bitta "Sohibqiron" nomidagi bolalar oromgohi mavjud.